O‘zbekistonliklar 22 medal sohibi
Musobaqaning birinchi va ikkinchi kungi bahslarida kadetlar, o‘smirlar va bolalar toifasida o‘zbekistonlik sportchilar 11 oltin, 2 kumush va 3 bronza, jami 16 ta medalga sazovor bo‘ldi.
BAAning Al-Fujayra amirligida taekvondo (WT) bo‘yicha an’anaviy "Fujayra open" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Kadetlar, o‘smirlar, bolalar va kattalar o‘rtasida o‘tgan mazkur turnirda taekvondochilarimiz 11 oltin, 7 kumush va 4 bronza, jami 22 medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning birinchi va ikkinchi kungi bahslarida kadetlar, o‘smirlar va bolalar toifasida o‘zbekistonlik sportchilar 11 oltin, 2 kumush va 3 bronza, jami 16 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Kattalar o‘rtasida o‘tgan bahslarda Shohrux Rajabov, Shuhrat Salaev, Feruza Sodiqova, Charos Qayumova, Nigora Tursunqulova kumush, Abror To‘raev esa bronza medali bilan taqdirlandi.