O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi
O‘zbekiston Markaziy banki 2019 yilning 24 sentabrdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
O‘zbekiston Markaziy banki 2019 yilning 24 sentabrdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 9424.54 so‘m etib belgilandi. Bu esa dollar kursining o‘tgan hafta belgilangan qiymatiga nisbatan (+13.24) so‘mga oshganini ko‘rsatadi.
Yevro kursi esa 16 sentabrdagi ko‘rsatkichga nisbatan (-38.11) pastlab, 10383.02 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, Rossiya rublida ko‘tarilish (+0.76) kuzatilib, 147.27 so‘mni tashkil etdi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.