O‘zbekistonda bugun saylov kampaniyasi boshlanadi
Joriy yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylov bo‘lib o‘tadi.
Joriy yilning dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylov bo‘lib o‘tadi.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov kampaniyasi boshlanishi e’lon qilinishi kutilmoqda.
Bu yilgi saylovda beshta siyosiy partiya – “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi ishtirok etadi va o‘z nomzodlari uchun kurash olib boradi.
Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishi, unda muhokama etilgan masalalar haqida tez orada saytimizda tanishasiz.