O‘zbekiston va AQSh munosabatlarining kichik solnomasi chop etildi
Qadim davlatchiligimizda millat va elatlar orasidagi o‘zaro hurmat va munosabatlar xalq diplomatiyasi orqali mustahkamlanib borgan.
Qadim davlatchiligimizda millat va elatlar orasidagi o‘zaro hurmat va munosabatlar xalq diplomatiyasi orqali mustahkamlanib borgan.
Sobiq tuzumning parokanda bo‘lishi, tarqoqlikka yuz tutgan ko‘plab millat va elatlarning birlashuvi, topishuviga yo‘l ochdi. Buni yaqin tarixda mamlakatimizda istiqomat qilgan, xalqimizning hamnafas va birodarlari, O‘zbekiston farzandlari – Buxoro yahudiylari diasporasi misolida ko‘rish mumkin.
Buxoro yahudiylarining Markaziy Osiyo mamlakatlari jamoatchiligi bilan aloqalari tarixi, o‘zaro ishonch ruhidagi xalq diplomatiyasi tarixi, jarayoni izchil ilmiy tadqiq qilinmagan.
Jamoatchilikka O‘zbek-Amerika munosabatlari haqidagi bir qator kitoblari bilan yaxshi tanish muallif Mavlon Shukurzodaning “Xalq diplomatiyasi: O‘zbekiston-Buxoro yahudiylari-AQSh” nomli kitobi bu borada o‘quvchilarga ko‘plab ma’lumotlar beradi.
Kitob siyosiy fanlar doktori, U.Folbrayt stipendiyasi sohibi Guli Yo‘ldoshevaning umumiy tahriri ostida chop etilgan.
U asosan Buxoro yahudiylari Kongressining 20 yillik faoliyatiga bag‘ishlangan.
Muallif Buxoro yahudiylarining faoliyatiga doir ma’lumotlarni sinchkovlik bilan o‘rgangan. Shuni aytish kerakki, kitob orqali Buxoro yahudiylari jamiyati faollari nafaqat O‘zbekiston-Amerika munosabatlarini shakllantirilishi va rivojlanishi, qolaversa, AQSh, Kanada, umuman, jahon miqyosidagi Buxoro yahudiylarining bugungi tezkor asrimizda qo‘l urgan ezgu ishlari bilan yaqindan tanishasiz.
Kitobning dastlabki sahifasida O‘zbekistonnning Amerikadagi favqulodda va muxtor elchisi Javlon Vahobov ushbu izlanishni ijobiy baholar ekan, kitob nafaqat Buxoro yahudiylari fenomenining ravnaqiga balki, O‘zbekiston va AQSh munosabatlaridagi strategik hamkorlikning yangi bosqichida zafarli qadam uchun munosib xizmat qilishini ta’kidlaydi.
O‘zbekiston OAV jamoatchiligiga yaxshi tanish, ustoz jurnalistlarimizdan Boris Boboev, xalqaro kuzatuvchi, AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari kongressi Prezidenti Boris Qandov, Nina Qandova va taniqli san’atkor Muhabbat Shamaeva, bastakor Ilyos Mallaev, baletmeyster Viloyat Oqilova Buxoro yahudiylari kongressi faoli Xanan Bendjamini va boshqa ko‘plab siymolar xalq diplomatiyasi rivojiga hissa qo‘shgan.
Yana bir ko‘ngilda g‘ururli niyat paydo bo‘ladi. Uzoq tarixda ne-ne millatlarga tuz, bilim, ilmi-urfon bergan qadim Buxoro yahudiy millati uchun aziz tuproq hisoblanadi.
O‘ljaboy Qarshiev