Oʻzbekiston Respublikasi TIV bayonoti
Oʻzbekiston Qatar poytaxti Doha shahrida Afgʻoniston hukumati va “Tolibon” harakati oʻrtasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishlaydi.
Oʻzbekiston Qatar poytaxti Doha shahrida Afgʻoniston hukumati va “Tolibon” harakati oʻrtasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishlaydi.
Umid qilamizki, afgʻonlararo muloqot oʻt ochishni barqaror toʻxtatishga olib keladi va natijada mamlakatda mustahkam va uzoq muddatli tinchlik oʻrnatish uchun zarur shart-sharoit yaratadi.
Oʻzbekiston “siyosiy jarayon faqat afgʻonlar tomonidan va Afgʻoniston xalqi rahbarligida olib borilishi lozim”, degan asosiy tamoyilga sodiq qoladi.
Oʻzbekiston Respublikasi tomonlarning milliy yarashuvga erishish yoʻlidagi saʼy-harakatlari va intilishlarini bundan keyin ham qoʻllab-quvvatlaydi hamda doʻst Afgʻoniston xalqiga barqaror va farovon davlat barpo etishda har tomonlama yordam koʻrsatishda davom etadi.