O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xitoyda
Xabar berganimizdek, shu yilning 21-25 mart kunlari Xitoyda futbol bo‘yicha “China Cup-2019” xalqaro turniri o‘tkaziladi. An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu musobaqada bu yil O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Kecha oqshom Ektor Kuper boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi a’zolari Toshkent-Pekin-Nanning yo‘nalishi bo‘ylab Xitoyga jo‘nab ketdi. Tarkibdan 22 nafar futbolchi o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, “China Cup-2019” xalqaro turnirida bu safar mamlakatimiz charm to‘p ustalaridan tashqari mezbonlar, shuningdek ikki karra jahon chempioni Urugvay hamda Osiyo qit’asining yetakchi jamoalaridan biri Tailand termalari g‘oliblik uchun bahs olib boradi.
Xalqaro turnirga 21 mart kuni o‘tkaziladigan Xitoy – Tailand uchrashuvi bilan start berilsa, milliy terma jamoamiz a’zolari 22 mart sanasida Urugvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yinda urugvayliklarning yetakchi futbolchisi Luis Suares ishtirok etmaydi. “Barselona” a’zosi kataloniyaliklarning Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan “Betis” klubiga qarshi o‘yinda jarohat olgandi. Shu sababli u Xitoydagi turnirni o‘tkazib yuboradi.
Turnir Nizomiga ko‘ra yarim finalda g‘olib chiqqan jamoalar bosh sovrin uchun kurash olib borsa, mag‘lub termalar 3-o‘rin uchun kechadigan bahsda ishtirok etadi.