Oʻzbek shoirasining kitobi Vyetnamda chop etildi
Vyetnamda Oʻzbekiston va Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoira Xosiyat Rustamovaning “Shamolning vajohati” nomli kitobi vyetnam tilida nashrdan chiqdi.
Vyetnamda Oʻzbekiston va Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, taniqli shoira Xosiyat Rustamovaning “Shamolning vajohati” nomli kitobi vyetnam tilida nashrdan chiqdi.
Kitob Vyetnam Yozuvchilar uyushmasi tomonidan chop etildi. Tarjimon taniqli shoir Vu Viyet Hung oʻzbek shoirasi ijodiga quyidagicha baho bergan: "Kitobda Oʻzbekistonning beqiyos manzaralari, tafti-harorati, oʻzbek xalqi yuragidagi mehr-muhabbat yuksak ruh va betakror isteʼdod bilan tasvirlangan. Jahon bilan boʻylashayotgan oʻzbek shoirasi ifodalagan umumbashariy oʻlmas gʻoyalar dunyo oʻquvchilarini oʻziga rom etishi shubhasiz. Kitob Vyetnam mamlakatida koʻp nusxada chop etildi...»
Xosiyat Rustamovaning ushbu kitobi oʻzbek adabiyotini Vyetnam kitobxonlari orasida keng targʻib qilib, ularning qalbida yurtimiz odamlari va adabiyotiga mehr-muhabbat uygʻotishida oʻz hissasini qoʻshadi.