O‘quvchi maktabga qurol bilan keldi
Qozon shahridagi maktablarning birida o‘zi bilan pnevmatik pistolet va pichoq olib kelgan 10-sinf o‘quvchisi qo‘lga olindi.
Qozon shahridagi maktablarning birida o‘zi bilan pnevmatik pistolet va pichoq olib kelgan 10-sinf o‘quvchisi qo‘lga olindi.
RIA Novostining rasmiy manbalarga asoslanib yozishicha, ertalab maktab o‘quvchilaridan birining ota-onasi politsiya qo‘ng‘iroq qilib, qurollangan o‘smir o‘z sinfdoshlarini asirga olganini ma’lum qilgan.
Shundan so‘ng voqea joyiga tergov-tezkor guruhi, patrul-post xizmati ekipaji, Tatariston Respublikasi politsiyasi rahbari va uning o‘rinbosari yetib borgan. Keyinroq o‘smir qo‘lga olinadi.
OAV ichki ishlar idorasi axborotidan keltirgan iqtibosda “yuqori sinf o‘quvchisi rus tili kabinetiga dars boshlanishi bilan kirgani, so‘ng o‘qituvchi stoliga o‘tirib, yonidan pnevmatik pistolet va oshxona pichog‘i chiqargani, shuningdek, o‘smir hech bir talabni ilgari surmagani” aytilgan.
Xabarga ko‘ra, hodisada hech kim jabrlanmagan.