Nurotadagi Anna qishlog‘i haqida eshitganmisiz?
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyati Nurota tumanidagi Anna qishlog‘i maftunkor tabiati, purviqor tog‘lari, shifobaxsh suvlari-yu turfa nabotot olami bilan har qanday kishi e’tiborini tortadi. Ayniqsa bahorning so‘nggi va yozning ilk kunlarida bu yerning manzarasi yanada go‘zal va iqlimi huzurbaxsh bo‘ladi. Bahor faslida ushbu maskan dam oluvchilaru sayyohlarga to‘lib ketadi. Mehnatkash qishloq ahli asosan chorvachilik hamda uzumchilik bilan shug‘ullanadi. Tog‘ cho‘qqilari ustidan qaraganda hovuchdekkina ko‘rinadigan bu manzilda hayot qaynamoqda. Annaliklar vatan ravnaqi yo‘lida birdamlikda, bahamjihat samarali mehnat qilib kelyapti.
[gallery-3144]
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA