“Nurota tandiri”ning noyob ta’mi siri nimada?
FOTOREPORTAJ
Ma’lumki, xizmat ko‘rsatish sohasida umumiy ovqatlanish nuqtalari – restoran va oshxona yuritishda bugungi kunda raqobat muhiti tobora kuchayib bormoqda. Bu esa yangi-yangi zamonaviy ovqatlanish maskanlarining paydo bo‘lishiga olib kelmoqda. Eng asosiysi, har bir hududda mazkur soha rivoji brend darajasidagi taomga ham bog‘liq. Ya’ni Qashqadaryo tandiri, Jizzax somsasi yoki Toshkent norinining “dovrug‘i”ni eshitgan kishi borki, albatta bu taomlardan tatib ko‘rishga intiladi.
[gallery-3073]
So‘lim va bahavo Nurotaga kelganlar “Nurota tandiri”dan bahramand bo‘lishga oshiqadi. Tadbirkor Ermat Jo‘raqulovga tegishli bu oshxonada kuniga o‘rtacha yuz nafar xo‘randaga xizmat ko‘rsatilmoqda. Bu yer, asosan, tandir go‘shti bilan mashhur. 15 yildan buyon shu sohada faoliyat olib borayotgan E. Jo‘raqulov “Nurota tandiri”ning yurtimizning boshqa hududlardagi “tandir”lardan farqini Nurotada asosan bu taom shirvoz qo‘ylardan tayyorlanishi bilan izohladi. Yosh qo‘zining go‘shti esa, tabiiyki, mazali va yumshoq pishadi. Bu hammasi emas. Nurotaning go‘zal tabiati, shifobaxsh giyohlari, zilol suvlaridan to‘yingan barra go‘shtidan, qolaversa, ko‘ngli ochiq oshpazlarining mehr qo‘ri bilan tayyorlangan “Nurota tandiri” mazasining qiyosi yo‘q.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA