Nuroniy ustozlar tajribasi – bebaho meros
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Toshpo‘latov uzoq yillar ta’lim sohasida samarali faoliyat yuritgan bir guruh faxriy ustozlar bilan uchrashdi.
Samimiy muloqot davomida nuroniy pedagoglarning ko‘p yillik mehnat faoliyati, ta’lim-tarbiya rivojiga qo‘shgan hissasi hamda yosh avlod kamolotidagi xizmatlari haqida so‘z yuritildi. Ularning boy tajribasi, hayotiy saboqlari va qimmatli maslahatlari bugungi pedagoglar uchun muhim maktab vazifasini o‘tashi ta’kidlandi.
[gallery-31746]
Uchrashuvda ustozlik kasbining mas’uliyati, avlodlar davomiyligini ta’minlash va ta’lim sohasida yillar davomida shakllangan ilg‘or tajribalarni yosh pedagoglarga yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida ta’lim-tarbiya yo‘lidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, soha rivojiga qo‘shgan hissasi uchun faxriy ustozlarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA