Nurboboyev Yorqin Tulqin o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Qulatib qazib olish tizimida ruda nobudgarchiligi va sifatsizlanishini boshqarish uslubini takomillashtirish” mavzusida
Nurboboyev Yorqin Tulqin o‘g‘lining “Qulatib qazib olish tizimida ruda nobudgarchiligi va sifatsizlanishini boshqarish uslubini takomillashtirish” mavzusidagi 04.00.17 – “Konchilikda fizik jarayonlar” (texnika fanlari) ixtisosligi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/31.03.2023.T.03.06 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 12 iyul kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100095, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy.
Tel./faks: (99871) 246-46-00/227-10-32
e-mail: tadqiqotchi@tdtu.uz