Nurafshon shahriga yangi hokim tayinlandi
Nurafshon shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar yuzasidan ma’ruza qildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Nurafshon shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Ilhom Klichxanov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Mazkur lavozimga hozirga qadar Olmaliq shahar hokimi vazifasida xizmat qilib kelgan Qobil Hamdamov Murodqulovich nomzodi tavsiya qilindi.
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi sessiyasida Hamdamov Qobil Murodqulovich shahar hokimi etib tasdiqlandi.
A.Musayev, O‘zA