“Nur-Olam” texnologik muzeyi
Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida joylashgan “Nur-Olam” paviloni dunyodagi eng katta sharsimon ko‘rinishdagi bino bo‘lib, uning diametri 80 metrdan iborat.
Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida joylashgan “Nur-Olam” paviloni dunyodagi eng katta sharsimon ko‘rinishdagi bino bo‘lib, uning diametri 80 metrdan iborat.
Bino EXPO-2017 “Kelajak energiyasi” xalqaro ko‘rgazmasining markaziy paviloni sifatida qurilgan. Ko‘rgazmadan so‘ng birinchi texnologik muzey sifatida faoliyat yurita boshlagan. 8 qavatli inshootning balandligi 100 metr. Qavatlarning har biri interfaol kompozitsiyalar, ya’ni kosmik, quyosh, shamol, biomassa, kinetik va suv energiyasiga bag‘ishlangan. Birinchi va sakkizinchi qavatlar Qozog‘iston va Nur-Sultonning kelajagi haqida hikoya qiladi. Sakkizinchi qavatda, shuningdek, tomosha maydoni mavjud.

Texnologik muzeyda barcha slaydlar interaktiv bo‘lib, tashrif buyuruvchilar ularda tajriba o‘tkazishi, hatto ilmiy tajribaning bir qismi bo‘lishi mumkin. Bu yerda doimiy ko‘rgazmalardan tashqari, maktab o‘quvchilari va talabalar uchun ma’ruzalar, ochiq darslar, “Energiya g‘ildiragi” sirk tomoshalari o‘tkazib boriladi. Bir necha tilda gapiradigan robot-gidlar tashrif buyuruvchilarga hamroh. Muzey doimiy ravishda eng so‘nggi ilmiy ishlanmalar, eksponatlar bilan to‘ldirib boriladi.