Nukusda mehnat va tadbirkorlik yarmarkasi
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mehnat va tadbirkorlik yarmarkasi o‘tkazildi.
Yarmarka doirasida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun mo‘ljallangan zamonaviy mehnat qurollari va asbob-uskunalar namoyish etildi. Ishtirokchilar o‘z biznesini boshlashda zarur bo‘ladigan jihozlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
[gallery-30767]
Shuningdek, tijorat banklari mutaxassislari tomonidan tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar ajratish hamda davlat subsidiyalaridan foydalanish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida esa mehnat bozoridagi mavjud vakansiyalar taqdim etildi. Ta’lim muassasalari bitiruvchilari va ish izlovchilarga mahalliy korxonalarda ishga joylashish imkoniyatlari, shuningdek, bandlik masalalari bo‘yicha mutaxassislar maslahatlari taqdim etildi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA