Nukusda 270 nafar öğil-qiz xalqaro taʼlim dasturi asosida kasb örganmoqda
Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus şahridagi 1-sonli texnikumda 1 ming 201 nafar öquvçi tahsil olmoqda. Ularning 270 nafari “Pearson BTEC” xalqaro taʼlim dasturi asosida beş yönalişda kasb örganyapti. Bular — mehmonxona va umumiy ovqatlaniş, kompyuter grafikasi va dizayn, raqamli injiniring, payvandlaş hamda elektromontyorlik.
Mazkur dastur davlatimiz rahbarining 2024-yil 16-oktabrdagi «Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoni asosida texnikumda joriy etilgan.
Maşğulotlarda öquvçilar nazariy bilimlarini amalda qöllaydi. Ular loyihalar ustida işlaydi, işlab çiqariş şaroitiga yaqin vazifalarni bajaradi. Baholaşda imtihon natijalari bilan birga öquvçining amaliy topşiriqni qanday bajargani va loyihada erişgan natijasi ham hisobga olinadi.
Dasturni tamomlagan öquvçilar 70 dan ortiq mamlakatda tan olinadigan BTEC diplomini oliş imkoniga ega. Texnikumda yoşlarning xorijiy tillarda muloqot könikmalarini rivojlantirişi uçun bepul çet tili kurslari ham taşkil etilgan. Darsdan taşqari vaqtda ötkaziladigan bu maşğulotlarda 220 nafar öquvçi qatnaşmoqda.
[gallery-32614]
Texnikumda jami 100 nafarga yaqin fan öqituvçisi va işlab çiqariş taʼlimi ustasi faoliyat yuritmoqda. Ularning öquvçilari fan olimpiadalari va kasbiy tanlovlarda muvaffaqiyatli iştirok etayotir.
Pedagoglar ham xorijda malaka oşirmoqda. Jumladan, “Pearson BTEC” dasturi böyiça dars berayotgan ingliz tili öqituvçilari Hindistonning Texnik va iqtisodiy hamkorlik dasturi (ITEC) doirasida malaka oşirib qaytdi. Noyabr oxirida yana bir öqituvçi Fransiyada malaka oşiriş kursida qatnaşadi. Dekabrda esa payvandlaş yönalişi böyiça işlab çiqariş taʼlimi ustasining Germaniyada malaka oşirişi rejalaştirilgan.
Maqsad HABIBULLAYEV (surat+video), ÖzA