Nukus shahridagi maktablarda press-tur tashkil etildi
Qoraqalpog‘istonRespublikasi Pedagogik mahoratmarkazi tomonidan Nukus shahridagi 6-, 32- va 53-sonli umumiy o‘rta ta’limmaktablarida “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanishsoati” tadbirlarining amalga oshirilishijarayoni bo‘yicha press-tur tashkil etildi.
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir davlatimiz rahbarining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 7-avgustdagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.
Xususan, 2025-2026 o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun kasbiy rivojlanishning uzluksizligini ta’minlash maqsadida joriy etilayotgan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati hamda ularning ta’lim sifatiga ta’siri batafsil tanishtirildi.
Ishtirokchilar dastlab Nukus shahridagi 6-sonli umumiy o‘rtata’lim maktabida bo‘lib, “Kasbiy rivojlanishkuni” hamda “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining tashkiletilishi, metodik ishlar jarayoni vafanlar kesimida o‘tkazilayotgan ochiqdarslar jarayoni bilan tanishdi. Unda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish hamda ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan ishlar atroflicha yoritildi. Shuningdek, filologiya yo‘nalishidagi mashg‘ulotlar, pedagoglar bilan ochiq muloqotlar hamda “Xalqim dono desam bo‘lur” to‘garagi faoliyati tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Press-tur doirasida ishtirokchilar Nukus shahridagi 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan kasbiy rivojlanish tadbirlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida maktabda filologiya fanlari yo‘nalishida tashkil etilgan “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari namoyish etildi. Shuningdek, 9-sinfda ingliz tili fanidan ochiq dars hamda 8-sinfda biologiya fanidan amaliy mashg‘ulot jarayonlari kuzatildi. Ochiq dars va amaliy mashg‘ulotlarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar hamda o‘quvchilarning mustaqil va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan yondashuvlar qo‘llanildi.
[gallery-27954]
Ommaviy axborot vositalari vakillariga 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida rus tili va ona tili fanlari bo‘yicha tashkil etilgan kasbiy rivojlanish tadbirlari, o‘qituvchilarning metodik hamkorlik ishlari hamda 5-sinfda tabiiy fandan “Magnit kuchi” mavzusidagi ochiq dars namoyish etildi. Dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar va amaliy tajribalar qo‘llanilib, o‘quvchilarning mavzuni chuqur anglashiga alohida e’tibor qaratildi.
Press-tur yakunida ommaviy axborot vositalari vakillariga pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini ta’minlash maqsadida barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etilgan “Kasbiy rivojlanish kuni” hamda “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining ahamiyati, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA.