Norinda yangi mahalla kutubxonasi foydalanishga topshirildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Norin tumanidagi Qo‘shariq mahallasida “Mahalla xalq kutubxonasi” ochildi. Ma’rifiy maskan aholi, ayniqsa yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Kutubxona ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ushbu ziyo maskani kelgusida ilm-ma’rifat o‘chog‘i sifatida uzoq yillar xalqqa xizmat qilishi ta’kidlandi.
Marosimda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari, mahalla faollari, ma’rifat targ‘ibotchilari, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.
[gallery-28968]
Qayd etilganidek, ushbu kutubxona barcha kitobsevarlar uchun ochiq bo‘lib, adabiyotlardan foydalanish mutlaqo bepul.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA