Noqonuniy tovarlarga chek qo‘yildi
Xavfni boshqarish tizimi samarasida qiymati 501 million so‘mga teng bo‘lgan noqonuniy tovarlar “Olot” chegara bojxona postida to‘xtatib qolindi.
Unda “Turkiya-O‘zbekiston” yo‘nalishida harakatlanib, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk avtomashinasi “qizil” yo‘lakka yo‘naltirilganligi sababli bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada yuk kuzatuv hujjatlari va tovarlar haqiqatdan ham mos kelmadi. Olib borilgan bojxona ko‘rigi davomida bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 11 844 dona “sochiq” tovarlari borligi aniqlandi.

Ayni vaqtda, umumiy qiymati 501 million so‘m deb baholanayotgan mazkur tovarlar vaqtincha saqlovga olindi. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.