Noqonuniy o‘zgartirish – xavf manbai (+video)
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining Navoiy viloyati hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida Navoiy shahridagi ko‘p qavatli turar-joy binosida jiddiy qonunbuzarlik holati aniqlandi.
O‘rganish davomida xonadon egasi tomonidan binoning yuk ko‘taruvchi devorlari buzib tashlangani ma’lum bo‘ldi. Bunday harakat binoning konstruktiv barqarorligini izdan chiqarib, uning seysmik xavfsizligiga jiddiy putur yetkazgan. Bu esa unda yashovchi yuzlab fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i uchun real xavf tug‘diradi.

– Navoiy shahar Mahmud Torobiy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi xonadon egasi o‘z xonadonini ta’mirlash vaqtida ichimlik suvi va oqova suv quvurlarini yuk ko‘taruvchi devorlarni pastki qismini o‘yib, montaj ishlarini olib borgan, – deydi inspeksiya mas’ul xodimi Doston Jo‘rayev. – Bu uyning seysmik va texnik holatiga jiddiy xavf soladi. Holat bo‘yicha inspeksiya tomonidan fuqaroga majburiy ko‘rsatma berilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan javobgarlikka tortildi.

Hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va noqonuniy o‘zgartirishlarning oldini olish borasidagi nazorat ishlari davom ettirilmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ozb8nwrbOUI" title="Noqonuniy o‘zgartirish – xavf manbai" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri