Nodirbek Abdusattorov Niderlandiyada çempionlik unvonini himoya qiladi
Musobaqaning Masters guruhida Özbekiston şarafini ikki grossmeyster — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov himoya qiladi.
Niderlandiyaning Veyk-an-Ze şahrida 2027-yil 15–31-yanvar kunlari ötkaziladigan nufuzli Tata Steel Çess turnirining iştirokçilari ma’lum böldi.
Musobaqaning Masters guruhida Özbekiston şarafini ikki grossmeyster — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov himoya qiladi.
Hamyurtlarimizga Aniş Giri, Hans Niyemann, Vinsent Keymer, Alireza Firuja, Jorden van Forest va Levon Aronyan kabi taniqli şaxmatçilar raqiblik qiladi.
E’tiborlisi, 2026-yilgi musobaqada aynan özbekistonlik grossmeysterlar dastlabki ikki örinni egallagan edi. Nodirbek Abdusattorov 13 turda 9 oçko jamğarib, çempionlikni qölga kiritgan bölsa, Javohir Sindorov 8,5 oçko bilan ikkinçi örinni band etgandi.
Şu tariqa, Nodirbek Abdusattorov 2027-yilgi turnirda amaldagi çempion sifatida öz unvonini himoya qiladi. Javohir Sindorov esa avvalgi natijasini yaxşilaş imkoniyatiga ega böladi.