Niko Pas: “Mundialdagi ilk asosiy tarkib men uchun katta sharaf”
21 yoshli hujumchi ushbu uchrashuvda ilk bor jahon chempionatida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Niko Pas JCH–2026 guruh bosqichining so‘nggi turida Iordaniya milliy terma jamoasi ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
21 yoshli hujumchi ushbu uchrashuvda ilk bor jahon chempionatida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
“Jahon chempionatida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushish men uchun katta sharaf. Bugun boshdan kechirganlarimni so‘z bilan ifodalash qiyin. Mundialdagi ilk asosiy tarkib va guruh bosqichini g‘alaba bilan yakunlash — bundan yaxshisi bo‘lishi qiyin. Hayotimni bag‘ishlagan futbol uchun doimo minnatdorman”, — dedi Pas.
Niko Pas uchrashuvda 61 daqiqa harakat qildi. U 94 foizlik aniq uzatma ko‘rsatkichi qayd etdi, to‘rt bor jamoasiga to‘pni qaytarib berdi va darvoza tomon bir marta zarba yo‘lladi.
Ma’lumot uchun, Argentina milliy terma jamoasi guruh bosqichini 9 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunladi.