Neymarning Jahon chempionatiga bormaslik ehtimoli yuqori
Jahon chempionati Neymarsiz o'tadigan ko'rinadi.
Neymarning Jahon chempionati oldidan Braziliya terma jamoasiga qaytishi eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzuga aylanmoqda.
"Santos"ning 34 yoshli vingeri "pentakampeonlar"ning mart oyidagi yig‘iniga chaqirilmadi. Ammo Neymar hali hamon mundialga borishdan umid qilmoqda. "The Touchline" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, Braziliya terma jamoasi ustozi Karlo Anchelotti Neymarni Jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritishni rejalashtirmayapti. Ko‘rinib turibdiki, vinger endi terma jamoalar o‘rtasidagi eng yirik turnirda o‘ynamaydi. Shuningdek, Braziliya matbuoti Anchelotti boshchiligidagi murabbiylar shtabi Neymarni yozda ham yig‘inga chaqirmasligi va "Santos"ning o‘yinlarini endi kuzatmasligi haqida mish-mishlar tarqatdi.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi mundialning "C" guruhida Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan bahs olib boradi.