Neymar Braziliya terma jamoasi haqida: Vinisius — bizning eng asosiy o'yinchimiz
JCH-2026 guruh bosqichining 3-turida braziliyaliklar Shotlandiya terma jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etishdi.
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar jamoadoshi Vinisius Juniorning tarkibdagi o'rni va ahamiyati haqida gapirdi.
JCH-2026 guruh bosqichining 3-turida braziliyaliklar Shotlandiya terma jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etishdi. Mazkur o'yinda Vinisius dubl qayd etgan bo'lsa, Neymar 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Bu o'yin u uchun 2023-yildan buyon milliy terma jamoa libosidagi birinchi rasmiy uchrashuv bo'ldi.
"Muxlislar va atrofimdagilar meni bunday ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlayotganidan xursandman, lekin jamoamizning ishlari joyida ekanligidan undan ham ko'proq baxtiyorman. Vinining ayni paytdagi sport formasidan juda mamnunman. Bugun Vinisius — bizning bosh o'yinchimiz, u aqlbovar qilmas darajada o'yin namoyish etib, bizga yordam beryapti va uchrashuvlar taqdirini hal qilyapti. Bu biz uchun juda muhim.
Aytib o'tganimdek, men juda xursandman. Endi bizni pley-off bosqichi kutyapti va oldimizga qo'ygan bosh maqsadimizga erishish uchun g'alaba qozonishda davom etishimiz kerak", — dedi Neymar.