“New Uzbekistan Annual Run–2026” sport musobaqasidan fotoreportaj
Mamlakatimizda ommaviy sportni keng targ‘ib etish, sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish hamda aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy faollikka jalb etish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Yangi O‘zbekiston” universiteti tomonidan “New Uzbekistan Annual Run–2026” yugurish musobaqasi tashkil etildi.
«Botanika bog‘i» hududida tashkil etilgan sport tadbirida yig‘ilganlar 1, 3 va 5 km. masofalarda o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi. Yugurish musobaqasida universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlar, talabalar hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbir sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va jismoniy faollikni oshirishga xizmat qildi.
1 kilometrlik masofada Zebuniso Abdullayeva va Shahzod Mamatqulovlar g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, 3 km. da Shirin Tohirova va Nodirbek Sa’dullayev birinchi bo‘ldi. 5 km. da Charosxon Yoqubxonova bilan Izzatjon Akbarovga hech kim teng kela olmadi.
[gallery-29179]
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA