Netanyaxu Britaniyaga yangi nom qo‘ydi
Bosh vazir Binyamin Netanyaxu armiya radiosiga bergan intervyusida Qirollikni “yadroviy qurolga ega birinchi Islom Respublikasi” deya hazil qildi. Rasmiy London bu so‘zlarni “mutlaqo nomaqbul” deya baholab, masalani Isroil hukumati oldiga qo‘ydi.
Netanyaxu bu fikrni 1967-yildagi Olti kunlik urush payti Isroilni ijobiy yoritgan Rendolf Cherchill haqida so‘zlayotganda bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bugungi Britaniyada o‘sha davrdagi munosabatni topish qiyin. Jurnalist Yevropaning boshqa davlatlarida ham shunday holat kuzatilayotganini aytgan, Netanyaxu ham uning fikrga qo‘shilgan.
Izohlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabat taranglashgan paytga to‘g‘ri keldi. Bunga, ayniqsa, G‘azodagi urush bo‘yicha qarashdagi farq sabab bo‘lmoqda. Britaniya Bosh vaziri Endi Byornem iyul oyida Isroil hukumatiga nisbatan bosimni kuchaytirish zarurligini bildirib, G‘azoda begunoh aholi, jumladan bolalar halok bo‘layotganini keskin qoralagan.
Netanyaxuning so‘zlari Britaniyada islom ta’siri kuchayib borayotgani haqidagi o‘ng qanot siyosatchilari va faollar qarashiga hamohang. U yakunda Eronni ham tilga olib, mamlakatning yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini yana bir bor eslatgan.
Musulmon Ziyo, O‘zA