“Nesat” to‘foni 175 ming kishiga ziyon yetkazdi
Filippinning eng yirik Luson oroli yaqinidan o‘tgan “Nesat” to‘fonidan 175 200 dan ko‘proq odam jabr ko‘rdi. Xatarlar oldini olish va tabiiy ofatlarni bartaraf etish bo‘yicha milliy kengash chorshanba kuni e’lon qilgan hisobotga tayanib, TASS shunday xabar tarqatdi.
Bayonotda keltirilishicha, 12 evakuatsiya markazida 1,68 ming ko‘chirilgan odam qolmoqda. To‘fon natijasida ikki kishi jabrlangan, qurbonlar yoki bedarak yo‘qolganlar haqida ma’lumot yo‘q. To‘fon 115 inshootga sezilarli ta’sir o‘tkazdi, 51 uy butunlay vayron bo‘ldi. 34 infratuzilma ob’ektiga yetkazilgan zarar 81,5 million peso (1,38 million dollar)ga baholanmoqda. Tabiiy ofat tufayli 50 ga yaqin yo‘l, 13 ko‘prik zarar ko‘rdi. Elektr ta’minotida uzilish qayd etilgan 30 dan ziyod shaharning 17 tasida vaziyat o‘nglandi.
34 ta’lim muassasasi vaqtincha yopildi, bir korxonada ish to‘xtadi. Uch shahar ma’muriyati favqulodda holat e’lon qildi. Moliyaviy yordam sifatida talab qilinadigan miqdor 15,4 million peso (260,9 ming dollar)ga teng. Ushbu to‘fon qishloq xo‘jaligiga 366 million peso (6,22 million dollar) ziyon keltirdi.