Neft zavodida yirik yongʻin
Ayni vaqtda AQSHning Xyuston shahrida joylashgan neftni haydash zavodida yirik yongʻin sodir boʻlmoqda.
Ayni vaqtda AQSHning Xyuston shahrida joylashgan neftni haydash zavodida yirik yongʻin sodir boʻlmoqda.
Bu haqda ”Yevronyus” xabar beradi.
Maʼlum boʻlishicha, bugun tongda zavodning suyuq uglevodorodli sisternasida yongʻin yuzaga kelgan. Oʻtgan bir necha soat davomida oʻtni oʻchirishning iloji boʻlmagan.
Mahalliy maʼmuriyat xyustonliklarni uydan chiqmaslik va fuqaro muhofazasi eʼlonlarini diqqat bilan kuzatib borishga chaqirmoqda.
Zavodni boshqaruvchi kompaniya maʼlumotlariga koʻra, omborxonalar majmuasi 13 million barreldan ziyod kimyoviy moddalarni oʻzida jamlagan.
Hozirda oʻt oʻchiruvchilarning asosiy vazifasi yongʻinni qoʻshni sisternalarga oʻtishining oldini olish boʻlib turibdi.