Nazarov Davron Baxtiyor o‘g‘lining psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Yosh sambochilarda motivatsiyani rivojlantirish orqali g‘alabani ta’minlashning psixologik xususiyatlari” mavzusida
Nazarov Davron Baxtiyor o‘g‘lining 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligi bo‘yicha “Yosh sambochilarda motivatsiyani rivojlantirish orqali g‘alabani ta’minlashning psixologik xususiyatlari” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 11 sentyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51
e-mail: kengash@edu.uz