“Navro‘z”ning yangi binosi Navro‘zda ochildi
Navro‘z bayrami tantanalari davom etayotgan shu kunlarda Urgut tumanidagi “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘inining homiylik mablag‘lari hisobidan qurilgan yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Marosimda tuman hokimligi, viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi vakillari ishtirok etib, mahalla ahlini qo‘shaloq bayram bilan tabrikladi.
Tadbirdan so‘ng “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi tomonidan ushbu mahallada yashovchi kam ta’minlangan, ehtiyojmand, nogironligi bo‘lgan hamda “Temir daftar”da ro‘yxatda turgan o‘nta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari berildi.


G‘.HASANOV, O‘zA