"Navro‘z" yangi binoga ega bo‘ldi
Qariyb 24 yildan buyon alohida joyi bo‘lmagani tufayli umumta’lim maktabining bitta xonasida faoliyat olib borgan Boyovut tumanidagi "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘ini nihoyat yangi binoga ega bo‘ldi.
Byudjetdan ajratilgan 480 million so‘m pul mablag‘i evaziga viloyatdagi "Bunyodbek-Islombek qurilish" korxonasi quruvchilari mahalla binosini barpo etishdi.
[gallery-19291]
Uch mingga yaqin aholi istiqomat qilayotgan mahalla binosining ochilishida Sirdaryo viloyat prokurori Savid Imatov, tuman hokimi Dilfuza O‘rolova va faollar ishtirok etib, zamonaviy loyiha asosida qurilgan va foydalanishga topshirilgan mazkur bino xalqimizning roziligi, inson qadri uchun xizmat qilishini ta’kidladi.
Yangi binoda “mahalla yettiligi”ning faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha sharoit yaratilgan.
G‘ulom Primov, Sh. Ortiqboyev (surat), O‘zA muxbirlari