Navro‘z tantanalari davom etmoqda
Bahorning ikkinchi oyi davom etayotgan bo‘lsa-da yurtimiz bo‘ylab Navro‘z shukuhi, uning tarovati, bayram tadbirlari davom etmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutida tashkil etildi.

Tadbirda ishtirok etgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev, O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov, Fanlar akademiyasi akademiklari so‘zga chiqib, Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan mamlakatimiz ilm-fani rivoji yo‘lida olib borilayotgan keng qamrovli izlanishlarga yuqori baho berishdi.


“Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbiri davomida doshqozonlarda milliy taomlar tayyorlanib, institut bilan tutash mahalla ahliga, talabalarga, yurtimiz ilm-fani rivoji yo‘lida mehnat qilgan faxriy olimlarning xonadonlariga tarqatildi.
O‘zA