Navoiyning mashhur beshbarmog‘i
FOTOREPORTAJ
Beshbarmoq Navoiy viloyatida keng tarqalgan an’anaviy taomlardan biri hisoblanadi. Uni tayyorlash va dasturxonga tortishning o‘ziga xos udumlari avloddan avlodga o‘tib kelmoqda.
Ayniqsa, Nurota tumanidagi Chuqurquduq qishloq aholisi mehmon kutishda beshbarmoqni eng ulug‘ taomlardan biri sifatida qadrlaydi. Mehmon sharafiga jonliq so‘yib, beshbarmoq tortish hududda azaldan davom etib kelayotgan urf-odatlardan hisoblanadi.
Taomning o‘ziga xos ta’mi uni tayyorlash jarayoni bilan bog‘liq. Beshbarmoqqa oftobda quritilib, maxsus usulda tuzlangan qo‘y go‘shti — sur go‘sht qo‘shiladi. Shuningdek, tuya va mol go‘shti, ot qazisidan ham foydalaniladi. Go‘sht va xamir asosida tayyorlanadigan ushbu milliy taom suzilganda mehmonga pishirilgan qo‘y kallasining tortilishi hurmat va ehtirom ramzi sanaladi.
[gallery-30007]
Navoiy beshbarmog‘i nafaqat tayyorlanish uslubi, balki milliy qadriyatlar, mehmondo‘stlik va dasturxon madaniyatining o‘ziga xos ifodasi sifatida ham ahamiyatga ega.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA