Navoiyliklar respublikada peshqadam
Joriy yil avgust-dekabr oylarida respublika bo‘ylab maktabgacha, umumiy o‘rta hamda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagoglar ishtirokida o‘tkazilgan attestatsiya – malaka toifa sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilindi
Kuzgi attestatsiya jarayonlarida ishtirok etgan pedagoglarning o‘rtacha ballari hisob-kitob qilinganda, Navoiy viloyatining G‘ozg‘on shahri 61,74 ball bilan Respublikada 1-o‘rinni, Navoiy shahri esa 61,13 ball bilan 2-o‘rinni egalladi.



Shuningdek, viloyatning Navbahor tumani, Zarafshon shahri, Qiziltepa, Uchquduq hamda Tomdi tumanlari ham respublika bo‘yicha tuzilgan eng yuqori 30 talik reytingdan joy egallagan.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri