Navoiyda taʼlim sohasi istiqbollari muhokama qilindi
Navoiy viloyatida taʼlim xizmatlari sifatini oşiriş, öquv markazlari faoliyatini qöllab-quvvatlaş hamda sohaga zamonaviy boşqaruv usullarini tatbiq etiş maqsadida «Öquv markazlari forumi» ötkazildi.
Yoşlar işlari agentligi taşabbusi bilan respublika böylab taşkil etilayotgan mazkur forumning navbatdagi hududiy uçraşuvi Karmana tumanidagi «Malik Karvon Family» majmuasida bölib ötdi. Viloyat hokimligi va mutasaddi taşkilotlar hamkorligida uyuştirilgan tadbirda yetakçi öquv markazlari rahbarlari, soha vakillari hamda mutaxassislar iştirok etdi.
Forumda taʼlim muassasalarini samarali boşqariş, öqitiş sifatini yaxşilaş, innovatsion yondaşuvlarni amaliyotga joriy etiş, şuningdek, «2+6» dasturi va «Kömak» loyihasi doirasida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalaniş masalalari muhokama qilindi.
Oçiq muloqot jarayonida iştirokçilar sohadagi dolzarb muammolar, ularning yeçimi va istiqboldagi vazifalar yuzasidan fikr almaşib, qator takliflarni ilgari surdi.
Eʼtiborlisi, forum doirasida viloyat yoşlarini «til – kasb – qonuniy iş» tamoyili asosida qöllab-quvvatlaşga qaratilgan muhim kelişuvga erişildi. Navoiy viloyati Yoşlar işlari boşqarmasi, Migratsiya agentligining hududiy filiali hamda viloyat Kasbiy taʼlim boşqarmasi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat yoşlarga xorijiy tillar va zamonaviy kasb-hunarlarni örgatiş, ularning bandligini taʼminlaşga kömaklaşiş, mutasaddi idoralar faoliyatini muvofiqlaştiriş orqali uzluksiz tizimni şakllantirişni nazarda tutadi.
Şuningdek, taʼlim sohasiga istiqbolli startap loyihalarini jalb etiş, ilğor tajribalarni ommalaştiriş va öquv markazlari örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş xususida söz yuritildi.
[gallery-32714]
Tadbir yakunida yoş avlodning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni puxta egallaşi, xalqaro olimpiadalar hamda sertifikat imtihonlariga tayyorlanişiga munosib hissa qöşayotgan bir qator öquv markazlari rahbarlarining mehnati eʼtirof etildi. Ularga viloyat hokimining taşakkurnomasi va qimmatbaho esdalik sovğalari topşirildi.
Siroj ASLONOV (surat), ÖzA