Navoiyda “Jasorat maktabi”ga kirish imtihonining ikkinchi bosqichi o‘tkazilmoqda
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyatida “Jasorat maktabi”ga o‘quvchilarni saralab olishning ikkinchi bosqichi – jismoniy tayyorgarlik sinovlari bo‘lib o‘tmoqda. Imtihonlar belgilangan tartib va mezonlar asosida tashkil etilgan bo‘lib, unda talabgorlarning jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va chidamliligi baholanmoqda.
Sinovlar jarayonida har bir nomzod 5 turdagi jismoniy mashqni bajaradi. Natijalar 50 ballik baholash tizimi asosida aniqlanib, ishtirokchilarning jismoniy salohiyati hamda belgilangan normativlarni bajarish darajasi hisobga olinadi.
[gallery-30717]
Joriy yilda “Jasorat maktabi”ga qabul uchun viloyatdagi umumta’lim maktablarining 4-sinfini tamomlagan 854 nafar o‘quvchi ariza topshirgan.
Viloyatning 11 ta tuman va shahrida tashkil etilgan “Jasorat maktabi”larga har bir hudud bo‘yicha 26 nafardan o‘quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Saralash jarayonlari belgilangan talablar asosida bosqichma-bosqich davom etmoqda.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA