Navoiyda istiqlol tantanasi
FOTOREPORTAJ
Navoiy shahridagi “Amfiteatr” majmuasida Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tantanalari o‘zgacha shodu xurramlik bilan o‘tkazildi.
“Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan bayram dasturida taniqli san’atkorlar, folklor jamoalari, yosh ijrochilarning Vatan, Mustaqillikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari, jozibador raqslari hamda yurtimiz sharafini yuksaltirayotgan sportchilarning betakror chiqishlari dillarga surur bag‘ishladi.





