Navoiyda bayram shukuhi...
FOTOREPORTAJ
Navoiy shahri ham shu kunlarda bayramona bezatilgan. Markaziy ko‘chalar, xiyobonu sayilgohlar turli illyuminatsiyalar, rang-barang chiroqlar bilan yanada ko‘rkamlashgan.
Joylarda Yangi yil bayrami kayfiyatini beruvchi archalar o‘rnatilgan. Shaharning qaysi bir burchagiga bormang, o‘zingizni ertaklar saltanatiga tushib qolgandek his etasiz. Ayniqsa, Islom Karimov nomidagi markaziy ko‘cha boshqalaridan ajralib turibdi. Bundan tashqari, shahar bo‘ylab o‘rnatilgan archalar va undagi chiroqlarning chiroyi barchaga birday quvonch bag‘ishlamoqda.
[gallery-660]
Siroj ASLONOV olgan suratlar, O‘zA