“Navoiy viloyati hokimi olimpiadasi”da yengil atletika bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi
Navoiy viloyatida yoshlar o‘rtasida sportni keng ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularni yuqori natijalarga erishishga rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalari doirasidagi sport tadbirlari izchil davom etmoqda.
Navoiy shahridagi “So‘g‘diyona” o‘yingohida mazkur musobaqalarning yengil atletika turi bo‘yicha “Navoiy viloyati hokimi olimpiadasi” bahslari bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatning barcha shahar va tumanlarida tashkil etilgan saralash bosqichlarida muvaffaqiyat qozongan 13-14 yoshli sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdi.


Musobaqalar yakunida eng yaxshi natijalarni qayd etgan g‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda Navoiy viloyati hokimligining qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri