NATO Ukraina suverenitetini qo‘llab-quvvatlaydi
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi.
“NATO Ukraina suverenitetini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi”, deb yozadi bosh kotib “Twitter”da.
Unga ko‘ra, Zelenskiy bilan islohotlarning muhimligi, Qora dengiz mintaqasidagi xavfsizlik masalalarini muhokama qilgan, tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash istagini bayon qilgan.
O‘z navbatida Zelenskiy Ukrainaning maqsadi – NATOga a’zolik bo‘yicha harakatlar dasturini amalga oshirish ekanini ta’kidlagan.
“Yens Stoltenbergdan NATO eshiklari Ukraina uchun ochiqligini eshitishdan mamnunman”, deb yozadi Zelenskiy “Twitter”da.