NATO o‘z ittifoqchilarini himoya qiladi
Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari boshlanishi bilan NATO mudofaa dasturini kuchaytirdi. Sharqiy qanotga jami 40 ming NATO askarlari joylashtirildi.
Dengiz bo‘ylab 140 ga yaqin kema patrullik qilmoqda, 130 dan ortiq qiruvchi samolyotlar esa Boltiqbo‘yidan Qora dengiz mintaqasigacha shay holatga keltirilgan.
Alyans o‘zining sharqiy qanotini mustahkamlash uchun Ruminiya, Vengriya, Bolgariya va Slovakiyada to‘rtta yangi ko‘p millatli jangovar guruhlarni joylashtirmoqda va shu tariqa, NATO mudofaa jangovar guruhlari sonini 8 taga yetkazib olmoqda.