NATO favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi
Shimoliy atlantika alyansi davlatlari martning oxirida favqulodda yig‘ilish o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
“CNBC” amerikalik va xorijiy manbalarga tayanib Twitter orqali ma’lum qilishicha, NATO yetakchilari bunday uchrashuvni kelgusi haftada o‘tkazishni muhokama qilmoqda.
Ularning fikricha, uchrashuvga AQSH prezidenti Jo Bayden va Shtatlar ma’muriyatidagi boshqa yuqori martabali vakillar boradi.
“CNBC” jurnalistining aytishicha, NATO yetakchilarining uchrashuviga doir yakuniy qaror chiqarilmagan.
Ma’lumot uchun, dushanba kuni “NBC”Jo Bayden yaqin vaqtda Yevropaga tashrif uyushtirishi haqida ma’lumot tarqatgandi.