«Nasaf» - «Qizilqum» bahsida 6:0 hisobi qayd etildi
FOTOREPORTAJ
Kecha poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida futzal bo‘yicha XXIX milliy chempionatning oliy liga jamoalari o‘rtasidagi 12-tur bahslariga start berildi.
Dastlab Qarshining “Nasaf” hamda Navoiyning «Qizilqum» jamoalari maydonga tushdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda qarshiliklar 6:0 hisobida g‘alaba qozondi. Keyingi uchrashuv Samarqandning «Dinamo» va Farg‘onaning «Neftchi» futzalchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Teng kuchlar doirasida o‘tgan bellashuvda durang natija – 2:2 qayd etildi.
Oliy liganing 12 ta jamoasi ishtirok etayotgan milliy chempionat bahslarida «BMB PFC» jamoasi 30 o‘yindan so‘ng 81 ta ochko jamg‘argan holda karvonboshilik qilyapti. Keyingi o‘rinlarda bir xil ochko (68 ta) to‘play olgan «OIL STAR» va «SQB» klublari egallab turibdi. Ammo «SQB» jamoasi bitta o‘yin (31 ta) ko‘p o‘tkazgan.
[gallery-29612]
Milliy chempionatning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi joriy yilning 28-may kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA