NASA qachon Marsga ekspeditsiya jo‘natadi?
AQSH 2030 yillar boshida Marsga odam jo‘natishni rejalashtirmoqda. Ta’kidlanishicha, bunday missiya sakkiz oydan ko‘proq davom etadi. Ayni ma’lumotni mamlakat transport kotibi, Agentlik ma’muriyati rahbari vazifasini bajaruvchi Shon Daffi ma’lum qilgan.
- 30-yillar boshida Marsga yetib borish istagidamiz, - degan u “Fox News» telekanaliga bergan intervyusida. - Bu juda muhim loyiha. Marsga uyushtirilajak parvoz sakkiz oydan ko‘proq vaqt oladi. Sayyorada muayyan ishlarni bajarib, so‘ngra qaytishimiz kerak.
Oyga uchish tajribasi missiya davomida astronavtlar hayotini qo‘llab-quvvatlash ta’minlanishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Fazoda 8-12 kun qolish rejalashtirilgan. O‘tmishdagi eng uzoq muddat uch kun bo‘lgan. Qo‘shma Shtatlar o‘z “tayanch manzilgohi”ni qurish maqsadida Oyga foydali yuk jo‘natishni yo‘lga qo‘yadi.
NASA avvalroq 2027 yil o‘rtalarida “Artemis III” missiyasi doirasida yarim asrdan ko‘proq vaqt ichida birinchi marta Oyga qo‘nishni amalga oshirish niyatini ma’lum qilgan edi.
S.Rahimov, O‘zA