Narzullayev Otabek Saydulla o‘g‘lining yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Miting, yig‘ilish va namoyishlarni o‘tkazishda jamoat xavfsizligini ta’minlashning huquqiy jihatlari” mavzusida
Narzullayev Otabek Saydulla o‘g‘lining “Miting, yig‘ilish va namoyishlarni o‘tkazishda jamoat xavfsizligini ta’minlashning huquqiy jihatlari” mavzusidagi 12.00.14 – “Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati” ixtisosligi bo‘yicha yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi, Yo‘l harakati xavfsizligi muammolarini o‘rganish markazi huzuridagi yuridik fanlar bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi DSc.32/05.05.2023.Yu.74.03 raqamli muassasalararo Ilmiy kengashning 2024-yil 29-aprel kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100211, Toshkent v., Zangiota tumani, Chorsu qo‘rg‘oni.
Tel./faks: (71) 230-32-71.
e-mail: mgjxu@umail.uz