Nanay qishlog‘i turizm maskaniga aylanadi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimining 2023-2024 yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani Nanay qishlog‘ining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish to‘g‘risidagi tegishli qaroriga asosan Nanay turizm manziliga aylantirilmoqda.
Viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi, Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi bilan hamkorlikda Nanay qishlog‘idagi turizmga ixtisoslashgan mahallalarda loyiha tashabuskorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. 2023-2024 yillarda tashabbuskorlar tomonidan amalga oshiriladigan loyihalar takliflari bilan yaqindan tanishildi.
[gallery-10278]
Qarorga asosan, 150 dan ortiq oilaviy mehmon uyi, 20 ga yaqin gastronomik xonadon, aholi xonadonlarida milliy hunarmandchilik ustaxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda infratuzilmalarni yaxshilash belgilangan. Loyihalarning to‘liq amalga oshirilishi natijasida 400 dan ortiq yangi ish o‘rni va qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish soni ortishiga erishiladi.
Tashrif buyuruvchilarga qo‘shimcha turizm xizmatlari va qulayliklar yaratish maqsadida 2023–2024 yillarda Nanay qishlog‘idagi turizm maskanini modernizatsiya qilish, selfi hududlari, avtoturargohlar, suzish havzalari, yirik dam olish maskanlari qurish rejalashtirilgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA