Namanganda xotin-qizlar sharaflandi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida ham 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni katta tantana bilan nishonlandi.
Viloyat musiqali drama teatrida “Ayolni e’zozlagan yurt ravnaq topadi” shiori ostida tashkil etilgan tadbirga viloyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida faol qatnashayotgan nuroniy onaxonlaru, munis opa-singillar, davlat va jamoat tashkilotlarida ishlayotgan, shuningdek, tadbirkorligi bilan el-yurt rivojiga hissa qo‘shayotgan fidoyi ayollar taklif etildi.
[gallery-22170]
Bayram tadbirida viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov xotin-qizlarni bayram bilan qutlab, ularning oila va jamiyatdagi yuksak mehnatini e’tirof etdi.
Turli sohalarda faoliyat ko‘rsatib, namuna bo‘layotgan bir guruh ilg‘orlarga viloyat hokimining “Faxriy yorliq” hamda esdalik sovg‘alari, shuningdek, 18 nafar xotin-qizga “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishonlari topshirildi.
Tadbirning badiiy qismida poytaxtdan tashrif buyurgan el ardog‘idagi san’at ustalari - Yodgor Sa’diyev, Erkin Komilov, Ra’no Yarasheva, Tohir Saidov, Zuhra Ashurova, Saida Rametova, Dilnoza Kubayeva va boshqa mashhurlarning chiqishlari barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA