Namanganda xalqaro biologiya olimpiadasi o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Namangandagi “Turon” xalqaro universitetida jahon talablari asosida tashkil etilgan Abu Ali ibn Sino xalqaro biologiya olimpiadasi doirasida laboratoriya imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sinovlarda 12 davlatdan tashrif buyurgan o‘quvchilar jamoalari ishtirok etib, 180 daqiqa davomida mikrobiologiya hamda bioinformatika yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi.
Zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tashkil etilgan jarayonlarda ishtirokchilarning nazariy bilimi amaliy tajriba bilan uyg‘un holda baholash imkoni yaratildi.
[gallery-28937]
Qayd etish kerak, mazkur olimpiada biologiya fani bo‘yicha joriy yilning iyul oyida Litvada o‘tkazilishi rejalashtirilgan “International Biology Olympiad 2026”ga tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA