Namanganda Rossiya hamkorligida infratuzilma rivojlantiriladi
Rossiya Federatsiyasidagi yirik ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi hisoblangan “NPP Antarus” kompaniyasi bosh direktori Sergey Anatolevich Yazыkov boshchiligidagi delegatsiya Namanganga tashrif buyurdi.
Namangan viloyati hokimi, senator Shavkat Abdurazzoqov bilan uchrashuvda yurtimizda amalga oshiriladigshan yangi loyihalarda xorij tomonining hamkorligi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot o‘rnida: “NPP Antarus” kompaniyasida muhandislik uskunalari – gidravlik va pnevmatik kuch uskunalari hamda dvigatellarni ishlab chiqarish bo‘yicha yirik sanoat birlashmasi sanaladi. Zavodda 15 yildan buyon “Antarus” savdo belgisi ostida bosimni oshiruvchi nasos qurilmalari va yong‘inga qarshi o‘chirish tizimlari ishlab chiqarilmoqda. Bu mahsulotlar turar-joy, ijtimoiy, tijorat va sanoat qurilishi ob’ektlarida ishlatiladi.
[gallery-29234]
Qolaversa, kompaniya suv ta’minoti, yong‘inga qarshi o‘chirish, kanalizatsiya, sovitish, issiqlik ta’minoti, ventilyatsiya va elektr ta’minoti tizimlari uchun boshqaruv shkaflarini loyihalashtirib, yetkazib beradi.
Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarish (kanalizatsiya), shuningdek, issiqlik ta’minoti ob’ektlarini rekonstruksiya qilish sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Mehmonlar orttirgan tajriba va imkoniyatlarini taqdim etdi. Shuningdek, kelgusi yilda issiqlik punktlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalasi ham muhokama qilindi.
Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA