Namanganda o‘yinchoqlar eksporti kengaymoqda
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanida tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va eksport hajmini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Hududda faoliyat yuritayotgan «Mahliyo Shodlik» mas’uliyati cheklangan jamiyati 2024-yilda tashkil etilgan. Korxonada bugungi kunda 30 turdagi bolalar o‘yinchoqlari ishlab chiqarilib, 15 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga nafaqat ichki bozorda, balki xorijda ham talab mavjud. Ayni paytda o‘yinchoqlar Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘oniston bozorlariga eksport qilinmoqda.
[gallery-31578]
Joriy yilda korxona tomonidan 30 ming AQSH dollari qiymatidagi mahsulot tashqi bozorlarga yetkazib berildi.
Ishlab chiqarish hajmini oshirish va eksport geografiyasini kengaytirish borasidagi ishlar korxonaning kelgusidagi faoliyatida ham ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA